Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

10 yoshli qiz suvda oqib, halok bo‘ldi

G‘allaorol tumani Jiydali qishloq fuqarolar yig‘inida yashagan 10 yoshli qiz M.B.ni soydan sel kelib oqizib ketgan. Bu haqda Jizzax viloyati IIB xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, qiz dala maydonidan mollarini uyiga haydab kelish uchun soydan o‘tayotgan bo‘lgan va oqib kelgan sel uni oqizib ketgan.

Qizning jasadi soydan 500 metr uzoqlikdan topilgan.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan hafta ham viloyatning Zomin tumani Shirin fuqarolar yig‘inida 14 va 7 yoshli opa-ukalar ham sel kelishi qurboniga aylangan edi.