Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

130 yil avval yozuvchi bugungi bank kartalari haqida yozgandi

O‘z hayotini texnik qulayliklarsiz tasavvur qilolmaydigan hozirgi zamon sayyoramiz aholisi o‘tmishda fantast yozuvchilar o‘z asarlarida bu taraqqiyot haqida bashorat qilishganini bilishmaydi.

1888 yilda uncha taniqli bo‘lmagan amerikalik yozuvchi Edvard Bellamch «Ortga nazar» utopik romanida 2000 yilda amerikaliklar turmushi qanday bo‘lishini tasvirlaydi. Bashoratchi yozuvchining karomaticha, shu davrga kelib AQSh fuqarolari ish haqini naqd emas, maxsus kartalar yordamida ola boshlaydi. Ana shunday kartalarga ega mamlakat fuqarolari sanoat mollari, uy-ro‘zg‘or, maishiy buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlarini Amerikaning istalgan joyida olishlari mumkin.

Bugungi kunda bu karta bank kartalari ekanligi hech kimni ajablantirmaydi. Ammo 130 yil avval bu yozuvchining mutlaqo xayolot mahsuli edi.

T.MUROD tayyorladi.