Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

19 nafar aliment to‘lamagan qarzdorlarga ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi

Mirishkor tumani prokuraturasi va tuman IIB tashabbusi bilan tumandagi aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotgan qarzdorlarga nisbatan sayyor sud majlisi tashkil qilindi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Sudda 7 nafar qarzdorga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Shuningdek, bir nafar qarzdor oilasini tiklab, yarashganligi hamda qarzdorlikni bartaraf etganligi tufayli javobgarlikdan ozod qilindi.

Xabarda aytilishicha yil boshidan hozirga qadar jami 19 nafar aliment majburiyatini bajarmagan qarzdorlarga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.