Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

20 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus Oqdaryo tumani hududida ag‘darilib ketgan

Samarqand viloyati prokuratursi Oqdaryo tumani hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.

Kecha, 18 noyabr kuni soat taxminan 22:30 da haydovchi A.I. boshqaruvida bo‘lgan “GOLDEN DRAGON” rusumli avtobus avtomashinasi 20 nafar yo‘lovchi bilan Oqdaryo tumani Paxtaobod mahallasi, Mustaqillik qishlog‘i hududidan o‘tuvchi “Samarqand-Buxoro” M-37 avtomobil yo‘lining 13-kilometrida boshqarib kelayotgan vaqtida, asfalt qismi sirpanchiq bo‘lganligi bois haydovchi avtomashina boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomon chetki qismidagi pastlikka ag‘darilib ketishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Yo‘l-transport hodisasi tufayli avtobusda yo‘lovchi sifatida kelayotgan fuqarolar A.B. va F.R.lar turli darajadagi tan jarohatlari olib, Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyga tezkor-tergov guruhi a’zolari chiqqan va hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.