Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

2018 yil 1 iyuldan boshlab tomorqachiga pensiya rasmiylashtiriladi

– O‘zbekiston Respublika Prezidentining 2018 yil 26 apreldagi "Fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qaroriga asosan endilikda tomorqasidan samarali foydalangan siz kabi fuqarolar pensiya yoshiga yetgach, muammoga duch kelmaydi. Chunki mazkur qaror ijrosiga ko‘ra, 2018 yil 1 iyuldan boshlab dehqon xo‘jaligi va 4 sotixdan kam bo‘lmagan tomorqa yerida band bo‘lgan yoki ushbu uchastkada qoramol yoxud 50 boshdan kam bo‘lmagan parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga yiliga eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorida sug‘urta badali to‘lasa, ularning kelajakda pensiya ta’minoti mavjudligi ta’minlanadi.

Yana bir imkoniyat shuki, 2018 yil 1 iyuldan boshlab fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tizimida ishlaydigan pensionerlarga pensiyalar byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘liq to‘lanishi yo‘lga qo‘yiladi.