Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

21 million so‘mlik 14 bosh qo‘yni o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi

Nurota tumani IIBga Qizilcha MFYda yashovchi fuqaro Sh.N. ariza orqali murojaat qilib, Qo‘shquduq qishlog‘i, “Haydarko‘l” yoqasida joylashgan otaridagi har birining bozor narxi 1500000 so‘m miqdorida bo‘lgan, ya’ni umumiy qiymati 21.000.000 so‘mlik 14 bosh qo‘ylarini noma’lum shaxslar xufiyona tarzda o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

Tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv natijalariga ko‘ra, mazkur jinoyatni 1996 yil Nurota tumanida tug‘ilgan, millati qozoq, oilali, ma’lumoti o‘rta, hozirda Qizilcha MFYda istiqomat qiluvchi K.L., 1997 yil Nurota tumanida tug‘ilgan, millati qozoq, bo‘ydoq, ma’lumoti o‘rta, ayni paytda Qizilcha MFYda yashovchi F.M., 1986 yil Nurota tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, oilali, ma’lumoti o‘rta, tumandagi E.Sudir MFYda istiqomat qiluvchi Z.Sh., 1980 yil Karmana tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, oilali, Karmana tumani Kattamachit MFYda ro‘yxatda turuvchi Ya.D. hamda 1992 yil Karmana tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, oilali, ma’lumoti o‘rta, ayni paytda tumandagi Kattamachit MFYda yashovchi U.D.lar o‘zaro jinoiy til biriktirgan holda sodir etganligi aniqlandi.

Navoiy viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, yuqoridagi qoidabuzarlikda ishtirok etgan shaxslarning boshqa tumanlarda ham sodir etilayotgan o‘g‘irliklarda aloqadorligi gumon qilinib, hozirda tezkor surishtiruv ishlari davom etmoqda.