Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

250 yo‘lovchi bilan Pekindan uchgan samolyot hademay Toshkentga qo‘nadi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining samolyoti Pekindan yo‘lovchilar bilan bugun mahalliy vaqt 17:05 da Toshkent aeroportiga yetib keladi.

Kompaniya bergan xabarga ko‘ra, samolyotda 250 nafar yo‘lovchilar, ekipaj a’zolari, shuningdek, tibbiyot xodimlari va zamonaviy himoya vositalari bilan virusologiya sohasi mutaxassislari bor.

Oldin xabar qilinganidek, yo‘lovchilar kelganidan keyin vaqtincha yashash markaziga yuboriladi.

Yo‘lovchilarning vaqtincha turar joy markazida bo‘lishiga oid savol uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining bosh ofisiga quyidagi telefon orqali murojaat qiling:

+998 (71) 276-49-66

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining buyrug‘iga ko‘ra tashkil etilgan Hukumat komissiyasining qaroriga binoan Uzbekistan Airways joriy yilning 4-5 fevral kunlari "Pekin-Toshkent”, "Uxan-Toshkent" yo‘nalishlarida charter reyslar amalga oshirilishi haqida xabar bergan edik.