Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

25,4 ming gektarga to‘qsonbosti ekinlar ekiladi, yetishtirilgan hosil qayerga sotiladi?

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 21 sentyabrdagi “2021 yil hosili uchun 2020 yilning sentyabr-oktyabr oylarida piyoz va sarimsoqpiyoz hamda noyabr-dekabr oylarida “to‘qsonbosti” usulida eksportbop sabzavot ekinlarini ekish, talab etiladigan moddiy resurslari yetkazib berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayoni ijrosi yuzasidan viloyatimizda 25405 gektar maydonga to‘qsonbosti usulida ekinlar ekilishi belgilandi. Ekinlarning 5972 gektari fermer xo‘jaliklari, 19433 gektari dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqa yerlariga joylashtiriladi. Hozirgacha viloyat bo‘yicha barcha toifadagi xo‘jaliklarga talab etiladigan 3808 kilogramm urug‘likning aksariyat qismi jamg‘arildi, yoqilg‘i moylash materiallari, texnik xizmatlar, agrotexnik tadbirlarning barchasi rejalashtirildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, to‘qsonbosti usulidagi ekinlardan viloyat bo‘yicha 370 ming tonnadan ortiq hosil olinib, uning 45 ming tonnadan ortig‘i eksportga va 325 ming tonnasini ichki bozorga yo‘naltirish rejalashtirilgan.