Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

3 yoshli bola traktor tirkamasi tagida qolib vafot etdi

Joriy yilning 17 may kuni soat 09:10 larda Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani, O‘qchi mahallasi ichki yo‘lida haydovchi - 1979 yilda tug‘ilgan X.B. “TTZ-80” rusumli traktorni boshqarib ketayotib, Qumariq ko‘chasi, 89-uy yonida qarovsiz qoldirilgan, voyaga yetmagan piyoda - 2017 yilda tug‘ilgan M.N.ni tirkamaning orqa chap baloni bilan bosib, YTH sodir etgan.

Oqibatda piyoda, voyaga yetmagan 3 yoshli M.N. (o‘g‘il bola) voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qo‘shtepa tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Barcha haydovchilardan yo‘llarda piyodalarga e’tiborli bo‘lishlarini, ota-onalar va boshqa boquvchilar yosh bolalarni qarovsiz qoldirmasliklarini so‘raymiz.

Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.