Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

39 gektar yerda noqonuniy qurilishlar aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 15 martdagi PQ-4241-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarda qonunchilik talablariga rioya etilishi, yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish yuzasidan  nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida respublika bo‘yicha 1242 holatda 2879 gektar ekin maydonlarida turli qonunbuzilishi holatlari, 780 holatda 2298 gektar ekin maydonidan maqsadsiz foydalanilganligi, 241 holatda 122 gektar qishloq xo‘jaligi ekin yerlari o‘zboshimchalik bilan egallanib, 90 holatda 39 gektar suvli ekin maydonida noqonuniy qurilishlar amalga oshirilganligi aniqlandi.

Jumladan, Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumani Navoiy nomli MMTP hududidagi “Inoyatullo dalasi” fermer xo‘jaligi,  Past Darg‘om tumanidagi “Kavsar” fermer xo‘jaligi, Samarqand tumani “Gulobod” agrofirmasi hududidagi “Boxodirova Sanoatbonu” va “Ilyasov Rabbimqul” fermer xo‘jaliklari,  Urgut tumanidagi “Darg‘om” irrigatsiya tizimiga qarashli ekin yer maydoni, Tayloq tumani, “Vorsin” agrofirmasi hududidagi “Rasulov Faxriddin Boxodirovich” fermer xo‘jaliklari tomonidan qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer maydonlari o‘zlashtirilganligi kuzatildi.

O‘tkazilgan monitoringlar davomida 614  holatda yerga oid qonun buzilishi bartaraf etildi.

A.Maxmudov,

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

bo‘lim boshlig‘i,  U.Xo‘jaqulov, katta inspektor.