Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

6 nafar fuqaro is gazidan zaharlandi

24 noyabr kuni Andijon viloyati, Ulug‘nor tumani hamda Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi 6 nafar fuqaro (2 nafar erkak, 3 nafari ayol, 1 nafar voyaga yetmagan qiz) gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaganliklari oqibatida is gazidan zaharlangan.

Jabrlanuvchilar o‘zlarini noxush his qilib, shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu xolatlar yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovoldi tekshiruv harakatlari olib borilmokda.

"Hurmatli fuqarolar! Bunday ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz", deyiladi prokuratura xabarida.