Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

9 nafar minoritar aksiyadorga 52,7 million so‘m dividend to‘landi

Samarqand viloyatidagi 29 ta aksiyadorlik jamiyatining ustav jamg‘armasiga 375 milliard 754 million so‘mlik 170 million 994 ming dona oddiy va imtiyozli qimmatli qog‘ozlar chiqarish qarori davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Mazkur aksiyadorlik jamiyatlarining 15 ming 352 nafari jismoniy, 166 nafari yuridik maqomga ega aksiyador hisoblanadi. 

Bu haqda viloyat Matbuot uyida Kapital bozorini rivojlantirish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Norboy Jo‘lmatov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda aytildi.

Ta’kidlanishicha, 2020 yil davomida hududiy boshqarmaga minoritar aksiyadorlar tomonidan 21 ta murojaat tushgan, ularning aksariyati qanoatlantirilgan. Jumladan, qonuniy huquqi buzilgan 9 nafar minoritar aksiyador foydasiga 52 million 703,5 ming so‘m dividend undirilgan.

Shuningdek, 2019 yilda viloyatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlarining sof foydasidan aksiyadorlarga 16 milliard 981 million so‘m dividend to‘langan bo‘lsa, 2020 yilda jamiyatlarning 2019 yilgi sof foydasi hisobidan 27 milliard 477 million so‘m to‘langan. E’tiborlisi, pandemiya bo‘lishiga qaramasdan aksiyadorlarga o‘tgan moliyaviy yilga nisbatan 161,8 foiz ko‘p dividend to‘lovi amalga oshirilgan.