Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Adashgan shaxslar jamiyatdan ajratilmaydi

Prezidentimiz tashabbusi bilan sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, odil sudlovga erishishda yuksak samaralar bermoqda.

Xususan, jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudida ko‘rilgan ishlar soni ham bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Jumladan, 2017 yilda 87 nafar shaxsga nisbatan 53 ta jinoyat ishi ko‘rib, chiqilgan. 2 nafar shaxsga jarima, 4 nafar shaxsga axloq tuzatish ishi, 17 nafar shaxsga ozodlikni cheklash, 15 nafar shaxsga shartli hukm, 49 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

2018 yilda 50 nafar shaxsga nisbatan 36 ta ish jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. 12 nafar shaxsga jarima, 1 nafar shaxsga axloq tuzatish ishi, 23 nafar shaxsga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi, 3 nafar shaxsga nisbatan shartli hukm, 14 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

2019 yilning 9 oyi davomida esa 41 nafar shaxsga nisbatan 30 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. 7 nafar shaxsga nisbatan jarima, 1 nafar shaxsga nisbatan axloq tuzatish ishi, 11 nafar shaxsga nisbatan ozodlikni cheklash, 3 nafar shaxsga nisbatan shartli hukm, 19 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Ushbu raqamlarni bejiz keltirmadik. E’tibor qilinsa, sud hukmi bilan qamoq jazosi tayinlanganlar soni yil sayin kamayib bormoqda. Bu esa albatta, davlatimizda adashgan shaxsni jamiyatdan ajratmagan holda to‘g‘ri yo‘lga qaytarish siyosatining amaliy ifodasidir.

Ammo shu o‘rinda qayd etish lozimki, tuman sudi sudyalari tomonidan 2017-2018 yillar hamda 2019 yilning 9 oyi davomida jami 102 ta giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarni oldini olish va ularni sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha xususiy ajrimlar chiqarilgan. Albatta, bu kabi ishlarni keltirib chiqargan omillar va uning oqibatlarini muhokama qilish va kelgusida shu kabi jinoyatlar sodir etilishining oldini olish choralarini belgilash uchun tegishli joylarga yuborilgan.

Aziz HAMIDOV,

jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudining devonxona mudiri.