Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Afg‘oniston Prezidenti “Tolibonga” qarshi hujumga o‘tish shaklida kurash olib borishga buyruq berdi

Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani mamlakatning barcha qurolli kuchlar bo‘linmalariga “Tolibon” terrorchilik harakatiga qarshi “hujumga o‘tish” shaklida kurash olib borishga buyruq berdi. Bu haqda TOLO News telekanali xabar qildi.

“Faol himoyalanish” shaklidan “hujumga o‘tish” shakliga o‘tishning sababi, so‘nggi vaqtlarda hukumatga nisbatan uyushtirilgan hujumlar ekanligi aytilmoqda.

Televideniyeda qilgan murojaatida mamlakat Prezidenti “Tolibon” guruhi hujumga o‘tishni to‘xtatish va zo‘ravonliklarga chek qo‘yish haqidagi chaqiriqlarni shu vaqtgacha rad etib kelayotganini ta’kidladi.

Fevral oyining so‘nggida “Tolibon” harakati rahbarlari AQSh bilan tinchlik sulhi tuzish evaziga zo‘ravonliklarga chek qo‘yishga va asirlar almashuviga rozi bo‘lgan edi. Shundan so‘ng Afg‘oniston hukumati “faol himoyalanish” shakliga o‘tgan edi.

Seshanba kuni Afg‘onistonda ikki nafar terrorchilik hujumi uyushtirildi. Hujum oqibatida o‘nlab begunoh odamlar qurbon bo‘ldi. “Tolibon” harakati ushbu hujumlarga aloqasi yo‘q ekanligini ta’kidlamoqda.