Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Aktrisa Gavhar Sharipova bilan bog‘liq avtohalokat tafsilotlari ma’lum qilindi

Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, aktrisa yurib ketayotgan avtobusdan tushishga harakat qilgan va ko‘ngilsiz hodisa sabab voqea joyida vafot etgan.

Voqea 18 dan 19 noyabrga o‘tar kechasi soat 1:00 da sodir bo‘lgan. G‘uzor tumanining Yorg‘unchi qishlog‘ida harakatlanib ketayotgan avtobusda yo‘lovchi sifatida Surxondaryo viloyatidan Samarqand viloyatiga ketayotgan aktrisa haydovchiga avtobusni to‘xtatishini, tushib qolishini aytgan. Biroq haydovchining ogohlantirishi va avtobus tez harakatlanayotgani haqida ogohlantirishiga qaramasdan, avtobus eshigini ochuvchi tugmani bosib, yurib ketayotgan avtobusdan tushishga uringan hamda baxtsiz hodisa sabab voqea joyida vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv jarayonlari boshlangan.