Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Alisher Usmonov Buyuk Britaniyaning eng badavlat insonlari reytingi o‘ntaligidan joy oldi

Buyuk Britaniyaning Sunday Times nashri taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, Alisher Usmonov mablag‘i 11.68 milliard funt sterlingga teng (14.16 milliard AQSh dollari). Mazkur ko‘rsatkich bilan ishbilarmon Buyuk Britaniyaning eng badavlat insonlari reytingida yettinchi o‘rinni egalladi.

Dyson Ltd kompaniyasi asoschisi 16.2 milliard funt sterling (19.64 milliard AQSh dollari) mablag‘ga ega bo‘lgan Jeyms Dayson Buyuk Britaniyaning eng badavlat odami, deya tan olindi.