Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Amerikalik teleboshlovchi Donald Trampga jonli efirda “Sen kasalsan”, deb yubordi

MSNBC telekanali boshlovchisi Mika Bjezinski AQSh Prezidenti Donald Trampni jonli efirda “Sen kasalsan”, deb yubordi.

Voqea 20 may kuni sodir bo‘lgan, ayni vaqtda Bjezinskining jonli efirda aytgan so‘zlarini You Toube tarmog‘ida ko‘rsa bo‘ladi.

Davlat rahbari AQShdagi koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni haqida aytgan so‘zlaridan so‘ng teleboshlovchi uni qattiq tanqid ostiga olgan. Bjezinskining so‘zlariga ko‘ra, dunyoda qayd etilgan COVID-19 holatining umumiy sonidan 31 foizi AQSh ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. Biroq Tramp bunday holatni “yaxshi”, deb hisoblamoqda va bu go‘yo mamlakatdagi test tahlili tizimining samaradorligidan darak bermoqda. Jurnalistning fikriga ko‘ra, bularning barchasi tarixda AQSh Prezidenti oldini olmagan, o‘lkan gumanitar fojia bo‘lib, o‘chmas iz qoldiradi.

“Fursatdan foydalanib shuni aytmoqchiman: bu kasal odamning so‘zlari. Donald, sen kasal odamsan, sen kasalsan...”, dedi jurnalist.