Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Android telefoniga ega kishilarning 21 foizi siniq ekrandan foydalanadi

- Turkiyaning Istambul shahrida ishlatilgan plastik idishlarni qabul qiluvchi g‘aroyib avtomatlar o‘rnatilgan. Ularga har safar idish tashlansa, qarovsiz hayvonlar va qushlar uchun biroz yegulik olishlari mumkin bo‘ladi. Shu yo‘l bilan turklar nafaqat ekologiyani saqlab qoladi, balki uysiz hayvonlarning jon saqlab qolishiga hissa qo‘shadi.

- O‘z qurbonini 20 kilometr uzoqdan ham sezadigan akulalar hech qachon kasal bo‘lmaydi. Ular hatto og‘riqni ham his etishmas ekan.

- Bambuk daraxti bir kecha-kunduzda 91 santimetr o‘sar ekan.

- Shokolad XIX asrgacha faqat suyuq holda iste’mol qilingan. Hozirgi shokolad plitkalari esa 1840 yilda paydo bo‘lgan.

- Quyosh atrofidagi vaznsizlik yerdagiga nisbatan 28 marta ortiqroq ekan. Agar 60 yoshli odam u yerda o‘zini 1680 kilogramm vaznga egadek his etadi.

- Android telefonlariga ega kishilarning 21 foizi siniq ekrandan foydalanadi.

- Yilning to‘rt faslida jazirama issiq bo‘lgan Afrika qit’asida chang‘i uchish mumkin ekan. Mazkur maydon Marokashning Ukaymeden hududida joylashgan.

Dilmurod TO‘XTAYeV tarjimasi.