Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Arxeologlar 800 yil avval tayyorlangan telefonni topishdi

Avstriyaning Zalsburg shahridagi qazish ishlari paytida arxeologlar ajoyib topilmaga duch kelishdi.

Olimlar ushbu ajoyib sopol plitkaning tarixini hali ham aniqlay olishmayapti. Uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, bu artefaktning tashqi ko‘rinishi “Nokia 3310” telefoniga quyib qo‘ygandek o‘xshaydi, faqat toshdan yasalgan buyum 800 yoshda. Bu narsa o‘sha kunlarda qanday yaratilganligini hech kim bilmaydi.

Ammo internetda hayratlanarli topilma haqidagi materiallar joylashtirilishi bilanoq bir necha farazlar paydo bo‘ldi. Ulardan biri hatto NUJ va boshqa yerdan tashqaridagi g‘ayritabiiy sivilizatsiyalar mavjudligini tasdiqlaydi.

Xo‘sh, toblangan telefon qayerdan paydo bo‘ldi? Olimlar bu savolga qachon javob topisharkan?