Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bayden Tramp imzolagan farmon va qarorlarni bekor qildi

Chorshanba kuni AQShning 46-prezidenti Jo Bayden ilk ish kunida sobiq prezident Donald Trampning buyruqlarini bekor qilib, bir qator farmonlarni imzoladi.

Xususan, oldin xabar berganimizdek, davlat rahbari AQShni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga qaytarish to‘g‘risida farmonni imzoladi. Tramp tashkilotni Xitoy manfaatlari yo‘lida koronavirus epidemiyasi ko‘lamini yashirganligi va islohotlardan bosh tortganlikda ayblab, o‘tgan yili iyul oyida AQShning JSSTdan chiqish jarayonini boshlagan edi.

Bayden avvalgi prezident chiqib ketgan Parijdagi iqlim kelishuviga qaytishga qaror qildi.

Shuningdek, yangi prezident Meksika bilan chegarada devor qurilishini to‘xtatdi va chegaradagi favqulodda holatni bekor qildi. Tramp ma’muriyati avvalroq mamlakatga migrantlar kirish huquqini qat’iylashtirgan va AQShga noqonuniy kirib kelishning oldini olish uchun Meksika bilan chegaraning katta qismida devor o‘rnatgan. U 720 dan 800 kilometrgacha devor qurishni va’da qildi va ularning 727 kilometri 5 yanvar holatiga qurib bitkazildi. Shu bilan birga, Bayden ilgari bunyod etilgan inshootlarni buzmaslikka ishora qildi.

Bundan tashqari, Bayden Yaqin Sharqdagi bir qator mamlakatlar aholisining AQShga kirish cheklovlarini bekor qildi.

Tramp 2017 yilda Eron, Liviya, Suriya, Yaman, Somali, Sudan va Iroq fuqarolariga kirishni taqiqlagan edi. Farmon mahalliy darajadagi bir qator sudlar tomonidan noqonuniy deb topilganidan so‘ng tahrir qilindi. Shu tarzda Iroq va Sudan ro‘yxatdan chiqarildi. Ammo Chad va KXDR qo‘shildi. Venesuela mansabdorlari ham «qora ro‘yxat»ga kiritilgan.

Davlatning yangi rahbari tomonidan imzolangan yana bir farmon Kanada va AQSh chegarasida Keystone XL quvurining tortilishiga tegishli. Neft quvur liniyasi yotqizilishi Tramp ma’muriyati tomonidan doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlangan edi.