Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Boku Qorabog‘dagi vaziyat tufayli 47 nafar tinch aholi halok bo‘lganini ma’lum qildi

Qorabog‘dagi jangovar harakatlar oqibatida halok bo‘lgan ozarbayjonlik tinch aholi soni 47 nafarga yetdi, 222 kishi yaralandi. Bu haqda 16 oktyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Bosh prokuraturasi ma’lum qildi.

“47 kishi halok bo‘ldi, 222 kishi jarohatlandi, 1669 ta uy yashashga yaroqsiz holga keltirildi. Yashash uchun yaroqsiz holatga kelgan ko‘p qavatli uylar soni 84 tani tashkil etmoqda. Vayron qilingan fuqarolik ob’yektlari soni 301 taga yetdi”, deyiladi mamlakat Bosh prokuraturasi matbuot xizmati ma’lumotida.

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida Tog‘li Qorabog‘dagi jangovar harakatlar 27 sentyabr kuni boshlandi. Ikkala tomon ham bir-birini harbiy harakatlar boshlaganlikda ayblab kelmoqda. Qorabog‘ hududida doimiy ravishda qurolli to‘qnashuvlar davom etmoqda.