Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bugun Jizzax viloyatida ham kuchli sel kuzatildi

Joriy yilning 14 may kuni Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanlari hududida kuchli yog‘ingarchilik kuzatildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Oqibatda Oqqo‘rg‘onlik, Tinchlik, Hamid Olimjon, Ulug‘bek hamda Ziyokor mahallalarida yomg‘ir suvlari to‘planib, bir nechta xonadonga suv kirdi.

Jizzax viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 6 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi hamda 22 nafar qutqaruvchilari tomonidan xonadon egalariga amaliy yordam ko‘rsatilib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan suv toshqini hamda boshqa ko‘ngilsiz holatlarning oldi olindi.