Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bugun koronavirus infeksiyasi qayd etilganlarning 23 nafari Samarqanddan

2020 yil 15 may soat 19:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2682 (+30) nafarni tashkil qilmoqda. Yangi kasallanish holatlarining 5 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lib, joriy yilning 13 may kuni ularning 3 nafari Qozog‘istondan, 2 nafari esa Rossiyadan kelgan. 25 nafar fuqaroning kasallanish holati esa (ularning 23 nafari Samarqand viloyatidan, 2 nafari Toshkent shahridan) oldin kasalligi tasdiqlangan 11 nafar bemor bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasidan aniqlandi.

Ayni paytda yurtimizda 2158 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayib, hozirda mamlakatimizda sog‘ayish ko‘rsatkichi 80 foizni tashkil qilmoqda. O‘zbekistonda bugungi kunda 513 nafar bemor davolanmoqda. Shifokorlarimiz tomonidan barcha bemorlarga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.