Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Chernogoriya o‘zbekistonliklar uchun o‘z chegaralarini ochdi

1 iyundan boshlab Chernogoriya Respublikasi yuzdan ortiq davlatlardan tashrif buyuruvchi fuqarolar uchun o‘z chegaralarini ochdi. Ro‘yxatdagi mamlakatlar orasida O‘zbekiston ham bor. Bu haqda uz.sputniknews.ru nashri xabar bermoqda.

“Fuqarolar karantinga rioya qilmagan holda va koronavirus test tahlilisiz mamlakatga kelishlari mumkin. Biroq koronavirus tarqalishi yetarli darajada kamaytirilgan, yangi holatlar kam qayd etilayotgan, shuningdek, kasallanganlar soni 100 ming aholidan 25 tagacha bo‘lgan mamlakat fuqarolari uchun kirishga ruhsat beriladi”, deyilgan Chernogoriya Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma’lumotda.

Shu bilan birga, O‘zbekiston bilan bir qatorda, MDH davlatlaridan Gruziya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlari fuqarolariga Chernogoriya hududiga kirishga ruxsat berildi.