Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dam olish kunlarida ham sovuq ob-havo saqlanib turadi

Bugun kun davomida mamlakatimizning ko‘p hududlarida qor yog‘ishi kuzatildi, faqat shimoliy hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kamroq. Havo harorati 2-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Ertaga O‘zbekiston hududlariga sovuq atmosfera ta’siri saqlanib turadi, respublikaning shimoliy va sharqiy hududlarida biroz qor yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 5-10 daraja, kunduzi 0-5 daraja sovuqni tashkil etadi.

Yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kechasi va ertalab biroz qor yog‘ishi mumkin. Kechasi 5-10 darajagacha bo‘lgan sovuq kuzatiladi, kunduzi havo biroz manfiy qiymatlargacha isiydi va 0-3 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, shu kunlarda o‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati iqlimiy me’yorlardan 8-10 darajaga past bo‘ladi.