Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Davlat chegarasi orqali kimlar navbatsiz o‘tkaziladi?

Davlat chegarasi orqali quyidagilar birinchi navbatda o‘tkaziladi:

- og‘ir bemorlar, homiladorligi va nogironligi yaqqol bilinib turgan shaxslar, 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar, ularga hamrohlik qiluvchi shaxslar va ular ketayotgan avtotransport vositalari;

- xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchilarni muntazam tashiydigan transport vositalari;

- tirik hayvonlar, tez buziladigan tovarlar, radioaktiv materiallar, ommaviy axborot maqsadlari uchun xabarlar va boshqa materiallar;

- tabiiy ofatlar, avariyalar, halokatlar oqibatlarini bartaraf etishda zarur bo‘lgan va insonparvarlik yordami sifatida yuboriladigan tovarlar, boshqa shunday tovarlar, shuningdek, ushbu tovarlar olib o‘tiladigan transport vositalari;

- O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga yuboriladigan tovarlar;

- O‘zbekistonning oliy qonunchilik, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlariga yuboriladigan tovarlar.

Ba’zi hollarda shaxslar, transport vositalari va tovarlar chegara nazorati bo‘linmasi rahbarining qaroriga asosan bojxona organi boshlig‘i bilan kelishilgan holda birinchi navbatda o‘tkazilishi mumkin.