Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Davlat xizmatlari markazlari xodimlari ham xirmonga hissa qo‘shdi

Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi hamda barcha tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari xodimlari Past Darg‘om tumani paxtakorlariga yordamga bordi.

- Tumanning Chandirobod mahallasidagi "Chandir zamin fayzi" fermer xo‘jaligida paxta terimida mehnatkashlarga ko‘maklashyapmiz, - deydi Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari F.Quldashev. – Bu yerda Davlat xizmatlari markazlari xodimlaridan tashqari davlat idoralari, nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlari, ijodkorlar hamda san’atkorlar paxta xirmoniga o‘z hissasini qo‘shishmoqda.

Dehqon mehnatining samarasi bo‘lgan hosilni yig‘ishtirishda barcha xodimlar uyushqoqlik bilan qatnashishmoqda.

Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi axborot xizmati.