Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Elmurat Tasmuradov beshinchi marta Osiyo chempionatining oltin medaliga sazovor bo‘ldi

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqani bugun klassik kurashchilar boshlab berishdi.

Bugungi bahslarda terma jamoamizning ikki nafar vakili Jasurbek Ortiqboyev (-55 kg.) va Elmurat Tasmuradov (-63 kg.) finalgacha yetib kelishdi. Afsuski, Ortiqboyev hal qiluvchi bellashuvda eronlik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Elmurat Tasmuradov esa finalda koreyalik Jingsu Songga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Shu tariqa Tokio-2020 litsenziati 5 karra Osiyo chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi. Yana bir vakilimiz Bekzod Umarov -77 kilogramm vazn toifasida bronza medali uchun qirg‘izistonlik Renat Iliaz Uluga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Final:

-55 kg: Jasurbek Ortiqboyev – Puya Nosirpur (Eron) 0:8

-63 kg: Elmurat Tasmuradov – Jinsu Song (Janubiy Koreya) 9:0

Bronza medali uchun:

-77 kg: Bekzod Umarov – Renat Iliaz Ulu (Qirg‘iziston) 0:5