Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Eronda 10 mingga yaqin tibbiyot xodimi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan

Eronda o‘n ming atrofidagi sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan, ba’zilari vafot etgan. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Qosim Jan Babai ma’lum qildi.

“Tibbiy xodimlar orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish yuqori darajada. Biroq ular kasallik bilan kurashish yo‘lida bo‘sh kelishmadi. Ammo o‘n ming atrofidagi tibbiy xodimlarimiz koronavirus infeksiyasini yuqtirib olishdi, ayrimlari vafot etdi”, dedi mas’ul xodim o‘z bayonotida.

U tibbiy xodimlar orasida qayd etilgan o‘lim holati haqida aniq ma’lumot bermadi. Shu bilan birga, tibbiy xodimlarning nechtasi tuzalganligi haqida ham ma’lumot taqdim etmadi.