Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Farg‘onada hamshiralik ishiga kirish narxi 800 dollarmi?

Farg‘onadagi shifoxonaga ishga kirish uchun 800 AQSh dollari miqdorida pora talab qilgan shifokor qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Farg‘ona shahar ko‘p tarmoqli poliklinikasi vrach-laboranti Sh.R. fuqaro S.B.ni ushbu shifoxonaga hamshiralik vazifasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 800 AQSh dollarini talab qilib, olayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.R.ga nisbatan JKning 168 va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.