Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bir oilani zaharli ilondan qutqardi

2019 yilning 22 iyul kuni soat 16:30 da Favqulodda vaziyatlar vazirligi Navoiy viloyat boshqarmasiga xonadonlardan birida ilon borligi xabar qilingan.

Navoiy shahridagi uylarning biridan chiqqan zaharli ilon voqea joyiga tezda yetib borgan qutqaruvchilar tomonidan ushlangan.

Ilonning zaharli ekanligi aniqlangan va u dashtga qo‘yib yuborilgan.