Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Fransiya Senati Tog‘li Qorabog‘ mustaqilligini tan olishni ko‘rib chiqadi

Fransiya Milliy kengashi deputati Valeri Buaye Tog‘li Qorabog‘ mustaqilligini tan olish masalasi loyihasini Fransiya Senatiga taqdim etdi. Bu haqda 20 oktyabr kuni Sputnik nashri ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjonning Tog‘li Qorabog‘ga qarshi “hujumiga” qarshi turish, “turk islomparastligining Yevropaga kirib kelishiga” qarshi turishni anglatadi.

“Shu hafta men Tog‘li Qorabog‘ni tan olish (mustaqilligini), shuningdek, Turkiya va Ozarbayjon harakatlarini qoralash bo‘yicha Fransiya senatiga loyiha taqdim etdim”, deb yozdi Buaye o‘zining Tvitter sahifasida.