Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Fransiyalik talabalar: "Bizni qurbon qilishmoqda!"

Fransiya oliy ta’lim muassasalarida horg‘in, ruhiy tushkun va tobora kam ta’minlangan talabalar Parij va mamlakatning boshqa shaharlarida kunduzgi o‘qish boshlanishini talab qilib namoyishga chiqishdi, deya xabar beradi euronews.com sayti.

COVID-19 pandemiyasi va shu bilan bog‘liq cheklovlar tufayli ularning aksariyati masofadan turib o‘qishga majbur bo‘ldi. Ta’lim berish sifati pasaymoqda, yoshlar munosabat, muloqot yetishmasligidan aziyat chekmoqda. Qisman ochiq mashg‘ulotlar yanvar oyi oxirlarida davom etadi. Ular faqat birinchi kurs talabalari va qisqartirilgan guruhlar uchun boshlanadi.

"Mening bu yerga kelishim sababi: yaqinda vazirlik tomonidan qabul qilingan qarorlar yetarli emas. Butun bir avlod qurbon qilinayotganini o‘ylagan holda, universitetlarni ochish zarur deb hisoblayman. Joriy etilgan cheklovlar tufayli ijtimoiy aloqalarni o‘rnatish va zamonaviy dunyoda yashashga qodir bo‘lmagan avlod vujudga keladi", - deydi ParisAgroTech muhandislik maktabi o‘quvchisi.

"Hamma biz, talabalar va restoratorlarni unutdi. Talabalar qiyin ahvolga tushdi, biz sukutda azob chekyapmiz", - deya shikoyat qiladi parijlik talaba.

Fransiyaning shimolida joylashgan Lill shahri yoshlari ham norozilik namoyishi o‘tkazib, universitetlarni ochishni talab qilishdi va "sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish uchun yetarlicha javobgar ekanliklari"ni bildirishdi.

G.Xoldorova tayyorladi.