Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

FVV Xorazmdagi fojia sababini aniqladi

Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida bir oilaning to‘rt a’zosi is gazidan zaharlanishi oqibatida vafot etgani haqida xabar qilgan edik.

FVV ushbu fojia sababini aniqladi. Qayd etilishicha, joriy yilning 22 oktyabridan 23 oktyabr kuniga o‘tar kechasi Xorazm viloyati Yangiariq tumani, Ostona qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqarolar K.G‘., uning turmush o‘rtog‘i va 2 nafar farzandlari isitish qozonining mo‘risi nosozligi bois is gazidan zaharlanib vafot etgan.

Baxtsiz hodisa sabablari o‘rganilganda, xonadondagi isitish qozoni mo‘risi ichiga yoz paytida qushlar in qurgani, dudbo‘ron xas-xashak va qushlarning pati bilan to‘lib qolgani va tortish kuchini yo‘qotganligi sabab bo‘lgan.

Tabiiy gazning chala yonishi oqibatida is gazi hosil bo‘lishi hamda uning uy ichiga to‘planishi fuqarolarning o‘limiga olib kelgan.

FVV kuz-qish mavsumi kirib kelishi munosabati bilan isitish pechlaridan foydalanishdan avval dudbo‘ron (mo‘ri)larning tozaligi va to‘g‘ri o‘rnatilganligiga e’tibor berishni so‘ragan.