Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Gaz zapravka»da “Nexia” portladi

Bugun, 25 fevral kuni taxminan soat 10:10 larda Xo‘jaobod tumani Xidirsha mahallasidagi gaz quyish shoxobchasida portlash yuz bergan.

Ushbu voqea «Xolis Tafakkur» MChJga qarashli avtomobillarga suyultirilgan metan gaz quyish shoxobchasida 32 yoshli haydovchining boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinasiga gaz quyayotgan vaqtida sodir  bo‘lgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, jiddiy jarohat olganlar yo‘q. Lekin shoxobcha hududida gaz quyayotgan yana 6 ta avtomashinaga turli darajada texnik shikast yetkazilgan.

Hozirda hodisa joyida tergov tezkor guruhi ishlamoqda. Portlashning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda. Tekshiruv yakuniga ko‘ra, qo‘shimcha ma’lumot beriladi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.