Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hademay YPX xodimlarining piyoda xizmat olib borish tizimi to‘xtatiladi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi 2021 yilda davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati sohasida amalga oshirilishi ko‘zlangan rejalar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, bugungi kun talablarini, ob-havo sharoitini inobatga olgan holda xizmat olib borish uchun qulay, zamonaviy va ixcham bo‘lgan, yo‘l-patrul xizmati xodimlarining farqlovchi belgilari taqilgan yangi xizmat kiyim-bosh namunalari sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda respublikadagi barcha YPX xodimlarini yangi namunadagi kiyim-bosh bilan ta’minlanadi.

Bundan tashqari, YPX xodimlarining piyoda xizmat olib borish tizimidan bosqichma-bosqich voz kechiladi. Bunda YPX xodimlarining faqat qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda aniqlash qurilmalari bilan jihozlangan patrul avtomobillarida xizmat olib borishini yo‘lga qo‘yiladi.