Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Haftaning ikkinchi yarmidan havo yana soviy boshlaydi

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, haftaning birinchi yarmida havo bahoriy iliq bo‘ladi, ammo haftaning oxiriga kelib, qishki ob-havo yana qaytadi.

Ertaga, 19 yanvar kuni respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

20 yanvarda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida qor yomg‘irga aylanadi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

21 yanvarda respublika hududlarining katta qismida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida qor yog‘adi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

19-21 yanvarda harorat kechalari 0...+5 daraja, kunduzi +11...+16 darajani tashkil etadi.

Qayd etilishicha, 22 yanvarda ob-havo keskin o‘zgara boshlaydi, buning sababi sovuq antitsiklondir, u mamlakat hududlariga qor va manfiy qiymatli haroratlarni olib keladi.

Respublika bo‘yicha qor yog‘adi, faqat mamlakatning shimoliy hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Havo harorati kechasi va kunduzi -2...+3 darajani tashkil etadi.

23 yanvarda antitsiklon mamlakatning barcha hududlarini qamrab oladi, yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kam, juda sovuq bo‘ladi.

Havo harorati kechasi -5...-10 darajagacha pasayadi, kunduzi -2...+3 darajani tashkil etadi.