Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Harbiylar “yashil” hududdagi “dushman kuchlari”ni yo‘q qildi

Markaziy harbiy okrugga qarashli Jizzax garnizonidagi harbiy qismda jangovar tayyorgarlikning yangicha usullari qo‘llanildi. Bu haqda harbiy jurnalist G‘ayrat Madrahimov ma’lum qildi.

“Yashil” hudud toifasiga kiruvchi Jizzax viloyatida joylashgan harbiy qism bo‘linmasiga yuqori qo‘mondonlikdan ma’lum bir ob’yektga joylashib olgan shartli dushman kuchlarini o‘rganish va zararsizlantirish vazifasi yuklandi.

Dastlab mashg‘ulot rahbari harbiy xizmatchilarga shartli dushmanga sezdirmasdan, binoni kuzatish uchun qulay bo‘lgan pozitsiyalarga yetib borish taktikasi haqida saboq berdi. Shundan so‘ng maxsus kuzatuv moslamasi yordamida raqib tomondagi merganni qidirib topish va uni yo‘q qilish mashqlari o‘rganildi.

Bu orada bo‘linma o‘ziga biriktirilgan qurol va epikirovkalarda to‘liq jangovar shay holatga keltirilgan edi. Harbiy xizmatchilar jinoyatchilar o‘rnashgan ob’yektga uch tomonlama hujumga o‘tdi.

O‘tkazilgan o‘quv mashg‘uloti davomida harbiy xizmatchilar yaqin masofada shartli dushman bilan yuzma-yuz kelganda qo‘llanadigan taktik harakatlarni o‘rganish va mustahkamlash, shuningdek, jangovar tayyorgarlikning bir nechta yangi usullarini o‘rgandilar.