Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Havoning keskin sovishi tufayli koronavirus yanada avj olishi mumkinmi?

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzurida tashkil etilgan shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Unda "Havo keskin sovib ketdi. Mana shu vaziyatda kasallikning avj olish ehtimoli qanaqa?" degan savolga javob berildi.

"Haqiqatan, havo sovuq bo‘lsa, ayniqsa, -2 dan +10 gradusgacha bo‘lgan havo haroratida virus qo‘zg‘atuvchisi ancha muddat yashay oladi, ularni tashqi muhitda bo‘lish vaqti uzayadi. Lekin agar biz uyimizda qolsak, ko‘chaga chiqmasak, muloqotlarga yo‘l qo‘ymasak, muloqot bo‘lsayam masofani saqlaydigan bo‘lsak, respublikamizdagi epidemik vaziyatga hozirgi kundagi ob-havo ta’sir qilmasligi mumkin", deydi Otabekov.

Shuning uchun hozirgi murakkab paytda uyda qolaylik. O‘zimizni va o‘zgalarni bu balodan asraylik!