Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hokim o‘rinbosari tomorqa bilan qiziqdi

  Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari D.Mamatqulov bugun Narpay tumanidagi mahallalarda bo‘lib, karantin sharoitida hudud aholisi qanday hayot kechirayotgani bilan tanishdi.

  Dedan mahallasida yashovchi N.Eshonqulovaning turmush sharoiti bilan tanishgan viloyat hokimi o‘rinbosari va tuman hokimi ushbu oila istiqomat qilayotgan uyni ta’mirlash hamda hovlisi atrofini devor bilan o‘rashda amaliy yordam ko‘rsatilishini aytdi. Shuningdek, tibbiy muolajaga muhtoj farzandini davolatish tuman hokimligi nazoratiga olindi.

  Oq oltin mahallasida esa mas’ullar ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatish bilan birga aholi tomorqalarini ham ko‘zdan kechirdi. Shu mahallada yashovchi Boymurod Ro‘ziyev shaxsiy tomorqasida 4 sotixlik issiqxonada pomidor, bodring yetishtirib, bir mavsumda 18-20 million so‘m daromad olayotganini aytdi.