Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hokimlik tomonidan nurobodliklarga 3 ming dona niqob tarqatildi

Butun dunyoga xavf solayotgan koronavirus infeksiyasidan himoyalanishning eng oddiy choralaridan biri tibbiy niqoblardan foydalanishdir.

Nurobod tumanida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Nurobod tumani hokimligi maxsus komissiya a’zolari bilan birgalikda tumanning barcha mahallalari va dehqon bozori hududida bir kunda aholiga 3 ming dona himoya niqoblari bepul tarqatildi.

Fuqarolarga karantin va gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish to‘g‘risida tushuntirishlar berilmoqda.

Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati.