Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hovli-joy qurish uchun yer ikki tartib asosida ajratiladi

Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratish “E-IJRO AUKSION” orqali amalga oshiriladi. Fuqarolar auksionda elektron buyurtmanomalar berish orqali qatnashishlari mumkin. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar auksionda qatnashmaydi.

Halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar oilalariga hamda o‘zlari egallab turgan uy-joyni tuman (shahar) hokimliklariga o‘tkazayotgan fuqarolar va mulkdorlarga 0,04 gektar yer maydoni auksionsiz beriladi.

Mazkur toifa yer maydoni ajratish uchun tuman (shahar) hokimliklariga ariza bilan murojaat qilishi zarur. Arizaga doimiy yashash joyi bo‘yicha turarjoylarning kadastr ishi nusxasi (mavjud bo‘lgan taqdirda) hamda yuqoridagi imtiyozni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.

Yer ajratish uchun barcha asoslar mavjud bo‘lganda, tuman (shahar) hokimi tomonidan 10 kun ichida tegishli qaror qabul qilinadi.

Azamat Nishonov,

Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi axborot xizmati rahbari.