Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hukumat 10 nafar rektorni ishdan olibdi

Jumladan:

Alisher Yusubjanovich Umarov Toshkent davlat pedagogika universitetining rektori etib tayinlandi va boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Shavkat Safarovich Sharipov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Shavkat Safarovich Sharipov Jizzax davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Abdug‘ani Jumanazarovich Xolbekov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Bahodir Boyiulotovich Sobirov Navoiy davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Baxtiyor Xudayberdiyevich Daniyarov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Sobitxon Toshpo‘latovich Turg‘unov Namangan davlat universitetining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Muzaffar Xoshimovich Esanov Namangan davlat universitetining rektori vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod qilindi.

Botir Shukurillayevich Usmonov Toshkent kimyo-texnologiya institutining rektori etib tayinlandi va boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Shuhrat Ahmadjanovich Mutalov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Azamat Muhitdinovich Shamsiyev Samarqand davlat tibbiyot institutining rektori lavozimidan ozod qilindi.

Jasur Alimdjanovich Rizayev Samarqand davlat tibbiyot institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent davlat stomatologiya institutining rektori lavozimidan ozod qilindi.

Orifjan Shadiyevich Bazarov Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Nazirila Nasimxanovich Mahmudov ushbu lavozimdan ozod qilindi.