Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hukumatda bir qator rahbar xodimlar lavozimidan ozod qilindi

Hukumat qaroriga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining bir guruh xodimlari egallab turgan lavozimlaridan ozod qilindi, deb xabar berdi O‘zA.

Jumladan, Djaxangir Abdusalamovich Turgunov Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyatining mudiri lavozimidan, Baxodir Davronovich Alixanov hamda Faxriddin Faziljanovich Kaimbayev mazkur kotibiyat mudirining o‘rinbosari lavozimlaridan bo‘shatildi.

Shoxrux Yakubayevich Sulaymanov esa Vazirlar Mahkamasi Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasining Tashqi aloqalarni rivojlantirish, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan «Yo‘l xaritalari»ni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishi monitoringi, shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish bo‘limi mudiri lavozimidan ozod qilindi.