Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

IIB xodimining oyog‘ini bosib ketgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Bosh prokuratura matbuot xizmati IIB xodimiga nisbatan sodir etilgan jinoyat yuzasidan bayonot berdi.

Qayd etilishicha, Navoiy viloyati Xatirchi tumani IIB HPB profilaktika inspektori O‘.X. (1991 y.t.) boshqaruvidagi «Matiz» rusumli avtomashinada piyodalar o‘tish yo‘lagida piyodalarni o‘tkazib yuborish uchun to‘xtab turgan vaqtida, uning orqasida fuqaro A.O‘. (1990 y.t.) «Matiz» rusumli avtomashinada to‘xtab, O‘.X, uning yo‘lini to‘sib turganligini vaj qilib, uni urib-do‘pposlab, tan jarohati yetkazgan hamda O‘.X.ning qonuniy talablariga bo‘ysinmasdan, faol qarshilik ko‘rsatib, o‘z avtomashinasining harakatini davom ettirishi natijasida uning o‘ng oyog‘ini bosib o‘tgan.

Mazkur holat yuzasidan 10 oktyabr kuni Xatirchi tumani prokuraturasi tomonidan A.O‘.ga nisbatan JKning 277-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.