Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ikki kunda Samarqand shahrida 30 dan ortiq gaz tortuvchi “nasos” o‘rnatgan fuqarolar aniqlandi

So‘nggi  paytlar gaz bosimining pastligi sabab, xonadonlarni to‘liq tabiiy gaz bilan ta’minlashda muammolar yuzaga kelmoqda. Chunki ayrim iste’molchilarning o‘zboshimchalik bilan noqonuniy gaz tortish nasoslari o‘rnatgani gaz bosimini bir me’yorda ushlashning buzilishiga, belgilangan hududlarga gaz yetib bormasligiga olib kelyapti.

Samarqand shahar hokimligi ushbu holatlarni o‘rganish va ularni bartaraf etish maqsadida IIB profilaktika nozirlari, favqulodda vaziyatlar bo‘limi, elektr tarmoqlari korxonasi va shahar gaz ta’minoti bo‘limi xodimlaridan iborat ishchi guruh tashkil etdi.

Ikki kun davomida o‘tkazilgan reyd tadbirlarida Xo‘ja Ahror Valiy, So‘zangaron, Namozgoh, Sadriddin Ayniy, Mirzo Ulug‘bek, Ko‘l mahallalarida gaz taqsimlovchi GRPlar hamda aholi xonadonlariga noqonuniy ravishda 30 dan ortiq gaz tortish qurilmalari o‘rnatilgani aniqlanib, ushbu qurilmalar ishchi guruh tomonidan olib tashlandi. Gazdan noqonuniy foydalangan fuqarolarga belgilangan tartibda chora ko‘rish bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berildi.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.