Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktoriga matbuot kotib tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasi asosida Zohir Yusupov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktorining matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Z.Yusupov 1989 yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. 2011 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlagan.

Z.Yusupov o‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida, shuningdek, boshqa davlat tashkilot va idoralarida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda davlat organi va tashkiloti rahbarining matbuot kotibi – mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlariga ko‘ra, davlat organi va tashkiloti rahbarining o‘rinbosariga tenglashtirilgan.