Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jamoat joyida niqobsiz yurgan Munisa Rizayeva jarimaga tortiladi(mi?)

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Munisa Rizayeva ko‘chada va fuqarolar bilan uchrashgan davrada niqobsiz ekanligi video tasvirga tushirilgan.

Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida xonandaning bu harakatiga nisbatan savollar ko‘paydi: jamoat joylarida niqobsiz yurganlar ishi sudda ko‘rilmoqda ekan, xo‘sh, Munisaga ham ish ochiladimi? Munisa nega niqob taqmagan? Nega unga hech kim niqob taqish kerakligi haqida jiddiy ogohlantirmadi? Qaror Munisaga yoki san’atkorlarga tegishli emasmi?

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Madaniyat vaziri zudlik bilan xonandaga nisbatan qattiq ogohlantirish berib, jarima to‘lovini amalga oshirishini uqtirdi.

Shu bilan birga, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda Davlat rahbari va Huqumat tomonidan ishlab chiqilayotgan zaruriy choralar O‘zbekistondagi barcha fuqarolarga tegishli ekanligini ta’kidladi.

O‘z navbatida, Munisa Rizayeva bu holat yuzasidan izoh berib, bu holat qayta takrorlanmasligiga va’da berdi.