Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jarimani o‘z vaqtida to‘laganga chegirma beriladi

Huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.

Ushbu qoida quyidagi hollarda qo‘llanilmaydi:

- ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun sud tomonidan jarima solinganda;

- jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;

- xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilganda.