Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Jartepa ibodatxonasi”ning loydan yasalgan maketi yaratildi

Samarqand arxeologiya instituti arxeologik topilmalarni ta’mirlash laboratoriyasi restavratorlari Bahriddin Boliyev, Mo‘minxon Saidov, Sur’at Kubayev, Gulnora Ahadovalar loydan Urgut tumanidagi “Jartepa ibodatxonasi” maketini yasashdi.

Mazkur mutaxassislar Afrosiyob, Jartepa, Qoratepa, Yerqo‘rg‘on va Zartepa kabi arxeologik yodgorliklardan topilgan noyob devoriy suratlarni va haykallarni ta’mirlab, ularni kelgusi avlodlarga yetkazish borasida ko‘pgina xayrli ishlarni amalga oshirmoqda. Samarqand arxeologiya instituti tashkil topganining 50 yilligi munosabati bilan oliygoh arxeolog olimlari tomonidan topilgan noyob osori-atiqalar Fransiya, Xitoy va Yaponiyaning mashhur muzeylarida namoyish qilinishi rejalashtirilmoqda.

Tohir NORQULOV.